Kontent qismiga oʻtish

Sirin bint Sham’un

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sirin bint Sham’un
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti
Dini Islom
Turmush oʻrtoq(lar)i Hasson ibn Sobit (Turmush o‘rtog‘i )
Farzandlari Abdurahmon ibn Hasson
Ota-onasi
  • Sham'un (otasi)
Era Ilk islom davri
Qarindoshlar Moriya Qibtiyya (singlisi)

Sirin bint Sham’un (arab. سيرين بنت شمعون) misrlik qibtiy nasroniy joriya bo‘lib, singlisi Moriya Qibtiyya bilan 628-yilda Misr hokimi Muqavqisdan payg‘ambar Muhammad alayhissalomga sovg‘a sifatida yuborilgan[1].

Tarixchi Ibn Sa’dning yozishicha, ikkala opa-singil Arabistonga ketayotganlarida Misr hokimiga elchi sifatida yuborilgan Xotib ibn Abu Balta’aning tashviqi bilan Islomni qabul qilganlar[2].

Sirin shoir Hasson ibn Sobitga turmushga chiqqan va ularning nikohidan Abdurahmon ibn Hasson dunyoga kelgan[3].