Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi — Oʻrta Osiyodagi yirik energetika inshooti. Yangiyer shahridan 30 km sharkda, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasidagi Shirin shahrida kurilgan. Stya kurilishi 1966 yilda boshlangan. Quvvati 300 MVt boʻlgan birinchi energoblok 1972 yilda, oxirgisi — 10energoblok 1981 yilda ishga tushirilgan. Taganrog qozon zavodida tayyorlangan bugʻ qozonlari oʻrnatilgan, kondensatsiya turbinalari Leningrad "Elektrosila" zavodidan keltirilgan. Asosiy yoqilgʻisi — Shoʻrtan gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz, ehtiyot yoqilgʻisi — mazut. Sirdaryoning Farhod gidrouzeli yuqori byefidan boshlanadigan kanal orqali suv bilan taʼminlanadi.

Styada oʻrnatilgan quvvatlar 3000 MVt boʻlib, stansiya "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi elektr stansiyalar hosil qiladigan umumiy elektr energiyasining 33% ga yaqinini ishlab chiqaradi. 2003 yilda 15168 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Quvvatlar 220 va 500 kV li elektr uzatish tarmoklari orqali Markaziy Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga beriladi. Hozirgi davrda stansiya uskunajihozlarning ishonchli va tejamkor ishlashini oshirish maqsadlarida rekonstruksiya va texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.