Sir Sayid masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sir Sayid masjidi/Jome masjidi
Masjidning panoramik tasviri
Mamlakat  Hindiston
Binokorlik 18791915
Gumbazlar soni 3
Minoralar soni 2

Sir Sayid masjidi Aligarh musulmon universiteti kampusining markazida joylashgan masjiddir. U Sir Syed Hall (Sir Sayid zali) ichida joylashgan[1]. Sayid Ahmadxonning qabri ham masjid devorlari bilan oʻrab olingan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jome masjidining qurilishi 1879-yilda universitet asoschisi Sayid Ahmad Xon tomonidan boshlangan va qurilish 1915-yilning yanvarida nihoyasiga yetkazilgan[1].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid dizayni Lahordagi ulkan Boburiy meʼmorchiligi asnosida qurilgan Badshahi masjidiga oʻxshaydi.

Bitiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidga Akbarobodiy masjididan (1857-yilda vayron qilingan) olingan yozuvlar oʻrnatilgan. Bu yozuvlar Toj Mahaldagi bitiklarni yozgan Amanat Xon tomonidan yaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Renovation of University Jama Masjid“. www.amu.ac.in.
  2. „The Aligarh connection“ (en-IN). The Hindu (2017-yil 8-iyul). Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]