Sinov daftarchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sinov daftarchasi - oliy oʻquv yurti talabalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchilarining muayyan taʼlim muassasasiga tegishli ekanligini tasdiklovchi akademik hujjat. Sinov daftarchasida oʻquv rejasidagi barcha fanlardan talaba yoki oʻquvchining olgan baholari qayd qilinib, uning oʻzlashtirish darajasi aks etadi. Unga imtihon, sinov baholari qoʻyiladi hamda lab. mashgʻulotlari va boshqa ishlardan, i.ch. oʻquv amaliyotidan oʻtganligi qayd etiladi. Sinov daftarchasida talaba va oʻquvchilarning kursdan kursga koʻchganligi haqida belgi qoʻyiladi. Sinov daftarchasi bitiruvchiga tegishli mutaxassislik yuzasidan diplom (sertifikat) berishga asos boʻladigan rasmiy hujjat hisoblanadi.