Sinklinoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sinklinoriy (yun. synklino egilaman) — Yer poʻstidagi qatlamlarning yirik murakkab burmali strukturam. S, asosan, tektonik jarayonlar natijasida mayda (tobe) sinklinal yoki orogen egilmalar hisobiga yaxlit keng qamrovli geosinklinal sistemalar vujudga kelishidan paydo boʻladi. S. keskin va kuchli burmalangan, chiziqli braxiform burmalar hosil qilishi bilan ajralib turadi. S. ichki koʻtarilmalarning (geoantiklinal) egilishi natijasida shakllanib, shakllanish davri mobaynida astasekin chuqurlashib boradi. Odatda, S.ning markaziy qismida yosh jinslar yotadi, uning uzunligi bir necha yuz km, eni oʻnlab km ga yetadi. S. shaklan oʻziga qaramaqarshi boʻlgan struktura — antiklinoriy bilan yonmayon keladi.