Sinekliza
Jump to navigation
Jump to search
Sinekliza (yun. syn — birga va enrlisis — egilish) — platformalarga mansub botiq struktura. Yer poʻstining asosiy elementlaridan biri. S. kanotlarida qatlamlar kam qiyalikda yotadi. Mazkur qatlamlarni hosil etuvchi geologik formatsiyalarning asosan, choʻkindi va, baʼzan, vulkanogen — choʻkindi jinslardan iboratligi S.ning ikkinchi belgisidir. Qatlamlarning kalinligi uning kanotlaridan (1 — 3 km) markaz qismiga ortib boradi. Koʻndalang oʻlchamlari yuzlab km ni tashkil etadi va bir oz choʻzinchoq yoki izometrik shaklga ega. Ukraina, Boltiq, Tungus, Moskva S.lari mazkur strukturaning tipik vakillaridir (yana q. Anteyushza).
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |