Sinekdoxa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sinekdoxa (yun. synecdoche — birga nazarda tutmoq, birga oʻylamoq) — metonimiya (majoz)ning koʻrinishlaridan biri; S.da ham maʼno koʻchishi oʻxshashlik, bogʻliklikka asoslansada, bu yerda koʻchish obʼyektlari oʻrtasidagi miqdoriy belgi yetakchilik qiladi; butun narsaning nomini uning qismi nomi bilan va aksincha, qism nomini butun narsaning nomi bilan atash, koʻplik sondagi soʻz oʻrniga birlik sondagi soʻzni qoʻllash yoki aksincha ishlatish, baʼzan jins-tur munosabatidagi soʻzlarning bir-biri oʻrnida qoʻllanishi va boshqa Masalan, "tirnoqqa zor boʻlmoq" iborasida tirnoq (qism) soʻzi bola, farzand (butun) maʼnosida, "besh qoʻl barobar emas" iborasida esa qoʻl (butun) soʻzi barmoq (qism) maʼnosida qoʻllangan; M. Sholoxov oʻz asariga "Inson taqdiri" deb nom qoʻyganda ham alohidalik (inson) oʻrnida umumiylikni (odamlar, butun bir xalq) nazarda tutgan. "Sotuvchi, xaridor bilan xushmuomala boʻl!" koʻrinishidagi shiorlarda ham birlik sondagi sotuvchi va haridor soʻzlari aslida barcha sotuvchi va haridorlarni nezarda tutadi. S. badiiy adabiyotda asarning taʼsirchanligi va emotsionalligini oshirishda yoki subyektiv munosabat bildirishda muhim vosita hisoblanadi.

Abduvahob Madvaliyev.