Sindikalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sindikalizm (ing. syndicate — uyushma, birlashma) — 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida ishchilar harakatidagi marksizmleninizm mafkurasiga muxolif yoʻnalish. S. ijtimoiy inqilobni amalga oshirishda daʼvo kilingan sinfiy kurashdan, ishchilar sinfi diktaturasidan koʻra kasaba uyushmalarining "bevosita harakati" — yalpi ish tashlashlarni afzal deb hisobladi. Bu oqim shu yoʻl bilan ishlab chikarish vositalarini umumlashtirib ularni i.ch. shirkatlari (sindikatlar) ga mulk qilib berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. S. oʻz davrida marksizmleninizm tarafdorlari tomonidan anarxosindikalizm, prudonizm, revizionizm singari nomlar bilan qoralangan. Hozirgi qator mamlakatlardagi soʻl partiya va harakatlarning gʻoyalari va mafkuralarida S. taʼsiri seziladi.