Sinantroplar
Jump to navigation
Jump to search
Sinantroplar (lot. Sina Xitoy va yun. antropos — odam) — eng qadimgi odamlar (arxantropyaar)ga mansub qazilma odamlar. Juda koʻp suyaklari (kalla qutisi, pastki jagʻlar parchalari, oyoq va koʻl suyaklari) oʻrta pleystotsen qoldiqlaridan ilk bor 1927—37 yillarda Xitoydan topilgan (nomi shundan olingan). S. morfologik jihatdan pitekantroplarga yaqin, lekin ulardan miya hajmining kattaligi (1000 sm³ ga yaqin), peshonasining birmuncha kengligi bilan farq qiladi. Sning suyak qoldiklari bilan birga ular foydalangan, ilk paleolit davriga mansub sodda tosh qurollar, ularning olovdan foydalanilganiga guvohlik beruvchi kul va hayvonlarning kuygan suyak qoldiqlari topilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |