Kontent qismiga oʻtish

Sina-Tibet togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sina-tibet togʻlari, Sichuan Alp togʻlari — Xitoydagi togʻlar. Uzunligi 750 km, eni 400 km gacha. Gʻarbdan sharqqa 5000–6500 m dan 1000–1200 m gacha pasayib boradi. Eng baland joyi 7590 m. Saluin, Mekong va Yanszi daryolarining chuqur tor vodiylari bilan ajratib yuborilgan bir necha tizmalardan iborat. Yon bagʻirlari tik, qoyali. Gneys, slanets, qumtoshlardan, baʼzi joylari ohaktoshlardan tuzilgan. Seysmik faol zona. Foydali qazilmalardan oltin, temir va mis rudalari topil gan. Balandlik oshgan sari subtropik iqlim ksskin kontinentat sovuq iqlimga oʻtib boradi. Yillik yogʻin janubiy togʻ etaklarida 1200 mm, shimolga qaragan yon bagʻirlarida 2000 mm va undan ortiq, Tibet togʻligiga yaqin yerlarda 600 mm gacha. Togʻlarning yuqori mintaqasi (4000 m dan baland)da alp oʻtloqlari va dashtlar, 2000–4000 m da igna bargli oʻrmonlar, 2000 m gacha aralash oʻrmonlar bor. Bu oʻrmonlar pastda doim yashil subtropik oʻrmonlarga oʻtib boradi.[1]