Simonoseki boʻgʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Simonoseki, Kammon - Xonsyu va Kyusyu o.lari oʻrtasidagi boʻgʻoz. Ichki Yapon dengizini Koreya boʻgʻozi bilan birlashtirib turadi. Uz. 21 km, eng kambar joyining eni 0,6 km, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 11 m. S. orqali koʻprik (uz 1068 m) qurilgan, tagidan 2 tonnel oʻtgan. S. sohilida Simonoseki, Modzi, Kokura portlari joylashgan.