Simay Karaman (basketbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simay Karaman

Simay Karaman (October 2017)
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 11-mart 1991-yil (1991-03-11) (33 yosh)
Bakırköy, Istanbul, Turkiya
Millati turk
Boʻyi 1.82 m (6 ft 0 in)
Vazni 72 kg (159 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi

Safiye Simay Karaman (1991–yil 11-martda tugʻilgan) — turkiyalik professional basketbolchilardan biri hisoblanadi. U Turkiya ayollar milliy basketbol jamoasi a'zosi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Safiye Simay Karaman 19910–yil 11-martda Turkiyaning Istanbul viloyati Bakırko‘y tumanida tavallud topgan.

2017–yil 5-iyunda u Galatasaroy erkaklar basketbol jamoasi sardori Göksenin Koksal bilan unashtiriladi. Sakkiz yillik birgalikdan keyin er-xotin 2018–yil 7-iyulda turmush qurishadi hamda ular 2020–yil 26-mart kuni u Ayaz ismli o‘g‘il ko'rishadi.

Sport karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karaman yetti yoshida Galatasaroyda basketbol o'ynashni boshlagan. Keyin u Istanbul universiteti SK yoshlar, o'smirlar va ayollar jamoalarida o'ynagan. 2011 va 2013–yillar oralig'ida u "Orduspor" safida Turkiya ayollar basketboli ikkinchi ligasida (TKB2L) uch mavsum ya'ni 81 marta o'ynagan. Unga o‘n yildan ortiq vaqt davomida Alper Durur murabbiylik qilgan. 2014–2015–yilgi mavsumda u Turkiya ayollar basketbol ligasining (TKBL) yangi “Basketbolu Geliştirme Derneği” (BGD) jamoasida o‘ynagan. U 2015–2016–yilgi Ayollar Basketbol Superligasi (TKBSL) mavsumini BGD jamoasi bilan boshlagan, ammo 2015–yilning noyabr oyi oxiriga kelib, Turkiya ligasida o'ynaydigan Shimoliy Kiprning Yaqin Doğu universiteti jamoasiga o'tgan. Shundan so'ng 2016–2017–yilgi mavsumda u Turkiyada Girne Amerika universitetining Shimoliy Kipr basketbol jamoasida ham o'ynab, jamoadoshlari orasida yaxshi natija ko'rsatgan basketbolchilardan biri bo'ldi.

Simay Karaman 1.82 m (5 ft 11 12 in) baland bo'yli sportchi bo'lib, u oldinga pozitsiyada o'ynaydi.

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simay Turkiyaning 16 yoshgacha va 17 yoshgacha bo'lgan ayollar milliy basketbol terma jamoasiga qabul qilingan hamda 2007–yilda Latviyaning Valmiera shahrida bo'lib o'tgan FIBA 16 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, jamoasi orasida eng yetakchisi bo'lgan.

U Turkiya ayollar milliy basketbol jamoasiga chaqirilgan va EuroBasket Women 2017 uchun tayyorgarlik o'yinlarida ishtirok etgan. Lekin u chempionatda ishtirok etmaganligini ko'rishimiz mumkin.

2017–yil holatiga ko'ra, Simay Karaman 85 marta Turkiya terma jamoasi formasini kiygan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba xatosi: <ref> tag with name "bf1" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "f2" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "ht1" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "b" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "m1" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "ydu" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "kh" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "ov" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "gu" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "s1" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "hbr3" defined in <references> is not used in prior text.

Manba xatosi: <ref> tag with name "oo1" defined in <references> is not used in prior text.