Sillimanit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sillimanit [amerikalik olim B. Silliman (V. Silliman; 1779—1864) nomidan] — silikatlar sinfiga mansub mineral. Yuqori darajada metamorfiklashgan loysimon togʻ jinslarida uchraydi hamda metamorfizm jarayonining sillimanitli zonasini belgilaydi. Kimyoviy tarkibi Al2Si05 boʻlib, kianit va andaluzitlarning yuqori trali polimorf turidir. Romb singoniyali kristallari ignasimon boʻlib, tolatola agregatlar holida uchraydi. Rangi kulrang, och qoʻngʻir, och yashil, shishadek yaltiroq. Tolasimon agregatlari rangsiz va tovlanuvchi; qattikligi 6,5 —7,5; zichligi 3,27 g/sm³. Yuqori (1545°ga yaqin) trada mullit va kremniy (II) oksid (SiO2)ra parchalanadi. Alyuminiy oksid (A12O3) li xom ashyo boʻlib, oʻtga va kislotalarga chidamli chinni buyumlar, maxsus izolyatorlar, poʻlat quyish uchun tigel va boshqa asboblar tayyorlashda ishlatiladi. S. Oʻzbekistonning gʻarbiy va jan. qismlarida juda keng tarqalgan boʻlib, metamorfik slanetslar bilan birgalikda uchraydi. Chatqol — Qurama mintaqasida nisbatan kam tarqalgan. Hindistonda S.ning yirik konlari maʼlum.