Sillabik sheʼr tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sillabik sheʼr tizimi (yunoncha: syllabikos — boʻgʻinli) — har satrda boʻgʻinlar soni teng boʻlishiga asoslangan sheʼr tizimi. Sillabik sheʼr tizimit., asosan, turgʻun urgʻuli tillar — fransuz, nemis, polyak tillari va boshqalarga xos. Turkiy tillarning deyarli hammasida urgʻu, asosan, turgʻun — soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi (mas, kitbb — kitobda — kitobdagy kabi). Sillabik sheʼr tizimit.da sheʼriy ohang har misrada boʻgʻinlarning baravar joylashishidan tashkil topadi. Demak, Sillabik sheʼr tizimit. oʻzbek sheʼriyatiga xos boʻlgan asosiy sheʼriy tizimdir. Uni barmoq vazni deb ham atashadi. Albatta, sheʼrda ohang yaratish uchun boʻgʻinlarning bir miqdorda boʻlishi yetarli emas, ular har misrada muayyan tartibda joylashishi ham kerak. Sillabik sheʼr tizimit.da ohang yaratishning asosiy omili sifatida turok, (sezura) katta ahamiyatga ega. Mas, Sogʻindim, h ul shodmon hh tuygʻular bilan, — Koʻksimga h tirmashib hh usadi bir gul... Har 2 misrada ham dastlabki 5 boʻgʻin bilan keyingi 5 boʻgʻin orasida pauza (bosh turoq) bor. Dastlabki 6 boʻgʻin ham oʻz ichida 3 boʻgʻinli 2 guruhga ajraladi — ular oʻrtasida ham qisqa pauza — turoq bor. Boʻgʻinlarning soni va joylashish tartibi sheʼr oxirigacha oʻzgarmaydi, yaʼni Sillabik sheʼr tizimit.da turoqning oʻrni doimiy boʻladi. Sillabik sheʼr tizimit.da boʻgʻinlarni tartiblash yoki turoklarni joylashtirish imkoniyatlari gʻoyat keng, bu esa bir xil miqdordagi, mas, 11 boʻgʻinli vaznda har xil ohanglar yaratishga yordam beradi. Sillabik sheʼr tizimit.ga asoslangan oʻzbek sheʼriyatida 5 boʻgʻinlidan 16 boʻgʻinligacha boʻlgan vaznlar tizimlari mavjud. M. Shayxzoda "Toshkentnoma" dostonida bularning hammasidan foydalangan. Sillabik sheʼr tizimit. baʼzan koʻchma urgʻuga ega boʻlgan tillarda ham uchrashi mumkin. Mas, 17-asrda rus sheʼriyatida Sillabik sheʼr tizimit.ga amal qilingan. Biroq bu tizim rus tilining grammatik xususiyatlariga mos kelmagani uchun 18-asrning 30y.laridan boshlab uning oʻrnini sillabiktonik sheʼr tizimi egallay boshlagan (yana qarang Barmoq vazni).