Silindr quvvati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Silindr quvvati - bugʻ mashinasi, ichki yonuv dvigateli va boshqa porshenli mashinalarning bir silindrida vujudga keladigan quvvat. Uning qiymati porshenning oʻrtacha tezligi, silindr diametri va hajmiga bogʻliq. Silindr quvvati har xil mashina uchun turlicha boʻladi. Masalan, Andijondagi "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan uch silindrli "Tiko" avtomobili uchun Silindr quvvati 41 o.k. (silindr hajmi 796 sm3), uch silindrli "Damas" avtomobili uchun 38 o.k. (silindr hajmi 796 sm sm3), toʻrt silindrli "Neksiya" avtomobili uchun 75 o.k. (silindr xajmi 1488 sm3), Samarqand-dagi "SamKoch-Avto" qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan, 4 silindrli turbodizel oʻrnatilgan IVECO 8040.25 yuk avtomobili uchun 115 o.k. (silindr hajmi 3908 sm3)ga teng.