Silikatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Silikatlar (lot. silex chaqmoqtosh) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab moddalar. Kristallar shaklidagi silikatlar tabiiy birikmalar ichida juda koʻp uchraydi. Tabiiy silikatlar ning kimyoviy tarkibi va tuzili shi juda murakkab boʻlganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida oʻrganish mumkin. Silikatlarning struktura nazariyasiga koʻra, barcha kristall shakldagi Silikatlar asosini [SiOJ4~ tarkibli tetraedrlar tashkil qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni boʻlib, uni 4 ta kislorod ioni qurshab olgan. Silikatlar tabiatda turli sharoitlarda hosil boʻlishi mumkin. Silikatlar otqindi va metamorfik togʻ jinslarni tashkil etuvchi minerallardir; baʼzi Silikatlar (mas, gillar, seolitlar) nurash natijasida hosil boʻladi. Silikatlarning xossalari ularni tashkil etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryoʻkligiga va boshqa omillarga bogʻliq. Koʻpchilik Silikatlar kimyoviy jixatdan barqaror; ular kislotalar taʼsiriga chidamli. Ularning rangi tarkibidagi kationlar tabiatiga boglik,. Silikatlarning qattiqligi Mos shkalasi boʻyicha 4 dan 7 gacha, zichligi 2—4 g/sm³. Silikatlarda izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; shunga kura, turli Silikatlar oʻzaro izomorf aralashmalar (maye andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. Silikatlar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer pusti massasining 3/4 qismini tashkil etadi. Barcha maʼlum minerallarning taxminan 1/3 qismi Silikatlardir. Silikatlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning baʼzilari xom ashyo, ruda (nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy Silikatlar va h.k.), baʼzilari nometall foydali qazilma (mas, slyuda, talk, gil, dala shpatlari, asbest) va qurilish materiali (granit, bazalt va boshqalar), qimmatbaho va ziynat toshlari (zumrad, topaz, granat, berill va boshqalar) sifatida ishlatiladi. Silikatlar parchalanishi natijasida kvars (qum) SiO2 hosil boʻladi; alyumosilikatlar parchalanganida esa, kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.

Tabiiy Silikatlar bilan bir qatorda sunʼiy Silikatlarning ham ahamiyati juda katta. Tabiatdagi deyarli barcha silikatlar, shuningdek, tabiatda uchramaydigan yoki kam uchraydigan Silikatlar sunʼiy usulda olingan. Sunʼiy Silikatlar tarkibi va tuzilishi jihatdan maʼlum darajada bir xil boʻlganligi uchun ularning xossalarini oʻrganish osonroq. Sunʼiy Silikatlar dan, ayniqsa, shisha, sement, keramika, sir, olovbardosh materiallar va boshqalarning ahamiyati muhim.

Komil Tojiyev.