Siklon (texnika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Siklon (texnikada) — havo (gaz) ni uning tarkibidagi muallaq qattiq zarralar (mas, suv tomchilari yoki chang)dan markazdan qochma kuch taʼsirida tozalash uchun moʻljallangan apparat. Tuzilishi past tomonga konussimon torayib boradigan silindrik korpus, korpusga urinma yoki spiralsimon tarzda oʻrnatiladigan patrubok va chiqish quvuridan iborat. Iflos havo (gaz) katta tezlikda patrubok orqali S.ning yuqori qismiga yuboriladi. Havo (gaz) aylanma harakatlanib, yuqoridan pastga spiralsimon uyurma hosil qilib tushadi. Shunda markazdan qochma inersiya kuchi taʼsirida muallaq qattiq zarralar (mas, chang zarralari) S. devoriga irgʻitiladi, havo (gaz) bilan birga korpus tagiga tushib, chiqish patrubogi orqali chiqadi. Tozalangan havo (gaz) chshdpp quvuri orqali harakatlanib, ichki uyurma hosil qiladi va tashqariga chiqib ketadi.

Havo (gaz)ning tozalanish darajasi apparatning geometrik oʻlchamlari va shakliga, chang (tomchi)ning xossalariga, -havo (gaz)ning oqimi tezligi (20– 25 m/s) va boshqa omillarga bogʻliq. S., asosan, sanoat korxonalarida qoʻllanadi.