Siddiq Rajabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Siddiq Rajabovich Rajabov [1910.19.3 (1.4), Qozogʻistonning xrz. Taroz shahri — 1993.28.2, Toshkent] — pedagog olim, ped. fanlari doktori (1958), professor (1959), SSSR Ped. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1933). Ilmiypedagogik faoliyatini shu intning ped. nazariyasi va tarixi kafedrasida assistentlikdan boshlagan. 1935 yildan Toshkent pedagogika institutida oʻqituvchi, 1941 — 42 yillarda maʼmuriy ishlarda. 1943 yildan "Qizil Uzbekistan" gaz. muharriri, 1947—61 va 1966 yildan Toshkent pedagogika institutining ped. kafedrasi mudiri. 1962 — 66 yillarda Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot instituta direktori. Ilmiy ishlari didaktika, ped. nazariyasi. Oʻzbekistonda ped. tarixi masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Pedagogika fani taraqqiyotining baʼzi masalalari, T., 1977; Xalq maorifi va pedagogika fanining buyuk allomalari, T., 1990.