Sian
![]() |
Sian — Xitoyning markaziy qismidagi shahar. Veyxe daryosi (Xuanxe daryosi irmogʻi) vodiysida joylashgan. Shensi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik (stanok, pribor, avtomashina, traktor va samolyotlar i.ch.), keramika, toʻqimachilik, farmatsevtika, lokboʻyoq, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. universitet, muzeylar bor.
Sian — qad. shahar. Shaharga mil.av. 202 yilda Xan imperiyasi poytaxti sifatida asos solingan va Chanʼan deb atalgan. 3—6-asrlarda Chanʼan Shimoliy Xitoy davlatlari poytaxti boʻlgan. 583 yilda hozirgi Sian oʻrnida Yan Szyan imperiyasi davrida Xitoyning yangi poytaxti Dasin sh. qurilgan va keyinroq Chanʼan deb qayta nomlangan.
10-asrdan boshlab, Sian avvalgi mavqeini yoʻqota borgan. 14-asrda yangitdan tashkil etilgan Sian okrugining maʼmuriy markazi boʻlgan va oʻsha vaqtdan Sian deb atala boshlagan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli minoralar (14-asr), shahar devori qoldiqlari, pagodalar (707—709) va boshqa saqlangan.[1]
- Sian
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |