Shvarsvald
Qiyofa
Shvarsvald - Germaniyaning jan.gʻarbiy qismidagi togʻ massivi, Reyn daryosining oʻng sohilida. Uzunligi 160 km, eni 35–60 km. Eng baland joyi 1493 (Feldberg choʻqqisi). Grayit, gneys va qumtoshlardan tuzilgan. Yuqori Reyn pasttekisligiga tutash yon bagʻri juda tik. Choʻqqilari gumbazsimon yassi. Yon bagʻirlari keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalari oʻtloq. Uran va polimetall rudalari konlari bor. Mineral buloqlar yonida kurortlar (BadenBaden, Badenvayler va boshqalar) barpo qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |