Shukurov Joʻra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jo'ra Shukurov, 1978 yil
Жу'ра Шукуров, 2005
Жу'ра Шукуров, 2003 йил.
Жу'ра Шукуров, 1973 йил

Shukurov Joʻraqul Tilauvovich (Жўра Шукуров Тилаувович, 10 mart 1949 yil, Buxoro shahri) — dirijyor, xormeyster, professor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Buxoro shahrida, ishchi oilasida tug'ilgan. 1955 yili maktab, 1963 yili Buxoro davlat musiqa bilim yurtining "Xor-dirijyorligi" bo'limida, 1967 yili Toshkent davlat konservatoriyasining "Xor-dirijyorligi" fakultetiga o'qishga kirib 1972 - yili muvafaqiyat bilan bitirgan. O'qish bilan ijodiy ishni uyg'unlikda olib borib, 1969 yili Kasb hunar bilim yurti talabalaridan milliy havaskorlik xor jamoasi tuzib, 1970 yilda bo'lib o'tgan Respublika havaskor xor jamoalari ko'rik tanlovida ishtirok etadi va umumiy jamoalar orasida 3-o'rinni, milliy xor jamoalari orasida esa 1-o'ringa loyiq deb topilgan. Shu natijalar o'laroq 1972 yilning yanvar oyida, ya'ni 5-kurs talabaligida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining "Xor kapella" jamoasida dirijyor-xormeyster lavozimiga taklif qilingan. 1972-1973 yillar Armiya safida o'z burchini ado etgan. 1973 yildan boshlab Buxoro davlat musiqa bilim yurti dirijyorlik bo'limi o'qituvchisi, o'rindoshlik asosoda Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrining bosh xormeysteri va dirijyori hamda Buxoro davlat maktabgacha ta'lim bilim yurtida qizlar xor jamoasi tashkil etib, Respublika ko'rik tanlovlarida 1974 yili 2 - o'rinni, 1975, 1976 va 1977 yillarda esa qizlar xori bilan 1 - o'rinlarga loyiq deb topilgan. 1977 yil O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirining buyrug'iga asosan ishga Toshkentga ko'chirilib. O'zbekiston davlat filarmoniyasining "Xor kapella" jamoasida dirijyor lavozimiga tayinlangan. Mazkur jamoa bilan Rossiya Volga bo'yi, Sibir, shimoliy va poytaxt atrofi viloyatlar bo'ylab, Ukrainaning barcha viloyatlarida, Belorusiya, Moldaviya, Estoniya, Latviya, Litva, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston kabi qardosh Respublikalarning turli shaharlarida, Moskva va Petrograd(sobiq Leningrad) shaharlarda nafaqat o'zbek xor san'atini, balki Rus, Yevropa, g'arb va qardosh xalqlar kompozitorlarining asarlarini targ'ibot qilinishga faol ishtirok etgan. 1972 va 1978 yillarda "Osiyo minbari" nomli Xalqaro musiqashunoslarning Olma-ota va Samarqand shaharlarida bo'lib o'tgan simpoziumi qatnashchisi bo'lgan. O'sha yillarda Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston va Tojikiston Respublikakarining adabiyoti va san'ati kunlarida hamda O'zbekistonning yuqorida tilga olingan Respublikalarida bo'lib o'tgan adabiyoti va san'ati kunlarida dirijyor sifatida ishtirok etgan. 1986 yildan boshlab O'zteleradio kompaniyasining D.Zokirov nomidagi xalq cholg'ulari ordeni, 1988 yildan Respublikada xizmat ko'rsatgan xor jamoasining bosh dirijyori va 1993 yildan shu jamoaning badiiy rahbari va bosh dirijyori vazifasida ishlagan. Shu yillarda orkestr va xor jamoalari bilan jami 700dan ortiq kompozitorlarning turli hajmdagi asarlarini O'zbekiston radiosi oltin fondiga muhrlagan. Bular orasida qoʻshiq, syuita, kantata, poema kantata, oratoriya va joʻrsiz xor uchun maxsus yaratilgan simfoniyalargacha mavjud. Qoʻlaversa xor jamoalarining ijro etilib turgan M.Burxonov musiqasi va A.Oripov qalamlariga mansub Oʻzbekiston davlat madhiyasining xor jamoalari ijrosi ham J.Shukurov dirijyorligi ostida magnit tasmasiga muhrlangan.1989 yildan 2010 yilga qadar o'tkazilgan “Navroʻz” bayrami  konsert dasturi, 1992 yildan "Mustaqillik", A.Temur, M.Ulug'bek, Buxoro va Xiva shaharlari yubileylari, barcha Universiada va spartakiada hamda Chempionatlar, 1997, 1999, 2001, 2003, 2005 va 2007-yillari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan “Sharq taronalari”, 2019 yilda Qo'qon  shahrida bo'lib o'tgan “Hunarmandlar” festivali kabi barcha hukumat tomonidan tadbirlarda bosh xormeyster sifatida faoliyat olib borgan. 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti buyrugʻiga binoan “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” yuksak unvoni berildi.  2010 yildan boshlab Madaniyat va san'at institutida professor vazifasida pedagoglik faoliyatini olib bormoqda. Pedagoglik ishini ijodiy ish bilan uyg'unlikda davom ettirish ustoz-shogird an'analarini tiklash maqsadida kafedra professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalardan "Sayqal" ansamblini tuzib, shu jamoaning badiiy rahbari sifatida nafaqat institut, balki undan tashqari ko'plab tashkilotlarda bo'lib o'tadigan turli konsertlarda shu kungacha ishtirok etib kelmoqda. Shu davr ichida bir qator darslik va o'quv qo'llanmalar, to'plam va 30 ga yaqin turli mavzulardagi ilmiy va ilmiy ommabop maqolalar ham gazeta va jurnallarda e'lon qilgan. 1921-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti buyrugʻiga binoan “Mehnat shuhrati” ordeni va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirining buyrugʻi bilan “Madaniyat va sanʼat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Jo'ra Shukurov, 1974 yil
Жу'ра Шукуров, 1986, Народный оркестр имени Дони Зокирова

Ijtimoiy saqlanish: Oilali. Turmush o'rtog'i pensiyadagi injener, 4 farzandning otasi va 10 nevaraning bobosi. Katta farzand Diloromxon To'raeva - Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(Turmush o'rtogi Qahramon To'raev - O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti katta o'quvchisi, farzandlari - Zafarbek Singapur univesitetini bitirib mehnat jarayonida, Bahodirjon Transport institutini bitirib ishlab kelibmoqda, Firdavsbek oliy ta'lim muassasasi talabasi). Ikkinchi farzandlari Dilafruzxon Rajabova – shifokor(turmush oʻrtogi Botir Rajabov – Toshkent madaniyat va sanʼat maktabining etakchi oʻqishtuvchisi va Yoshlar radiosi musiqa muxarri, farzandlari - Dilfuzaxon oliy taʼlim muassasasi talabasi, Nodirbek bobosi va otasining sohasini tanlagan, R.Glier nomidagi maxsus musiqa akademik litseyida, g'ijjak sinfida ta'lim olib turib oxirgi uch yilda bir qator xalqaro va Respublika konkurslarining GranPri sohibi bo'lgan). Oʻgʻli Jahongir Shukurov - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining dotsenti, kompozitor va dirijyor (turmush oʻrtogi Zilola Shukurova – TATU oʻquvchisi, farzandlari - Sitorabonu chet tiliga qiziqadi va umum taʼlim maktabning 8-sifida o'qimoqda, Javohirbek ham bobosi bilan otasining sohasini tanlagan, V.Uspenskiy nomidagi RIMALning 5-sinfida, skripka cholg'usi bo'yicha ta'lim olib kelmoqda, Jasurbek esa bog'cha yoshida). Kenja farzand Dilnozaxon Ikromova doktorantura izlanuvchisi (turmush o'rtog'i Shahobiddin Ikromov - O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti katta o'qituvchisi, farzandlari – Azizaxon va Baxromxo'jalar bog'cha yoshida).




Jóra Shukurov, 1970 yil.