Shukrullaboy Miskinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shukrullaboy Miskinov – Xiva xonligining elchilaridan biri. 1847-yilda Rossiya imperiyasiga elchilik missiyasi bilan joʻnatilgan. Keyinchalik Xiva xonligi nomidan Usmonli davlatining poytaxti Istanbul shahriga elchi sifatida tashrif buyurgan.

Elchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1846-yil dekabr oyida Orenburg shahriga Xorazm xoni Muhammad Aminxonning elchilari – Qlich Niyozmuhammedov va Shukrullaboy Miskinov yetib boradi. 1847-yil 9-mart kuni elchilar Sankt-Peterburgga yetib borishgan. Elchilar Rossiya imperiyasi tomonidan chegara Sirdaryoga yaqin joyda qurilgan Raim istehkomini buzish masalasini qoʻyadilar. Biroq, Nikolay I bu talabga rad javobini bergan. Shundan soʻng 18471848-yillarda Xiva otryadlari va chor harbiy qismlari oʻrtasidagi kichik harbiy toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi. Muvaffaqiyatga erisha olmagan Muhammad Amin Xon bu masalani yana tinch yoʻl bilan hal qilishga harakat qila boshlaydi[1]. Buning uchun 1852-yilda 11 kishidan iborat elchilar hayʼati Shukrullaboy Miskinov boshchiligida Rossiya imperiyasiga joʻnatiladi[2]. Bu oʻrinda shuni taʼkidlash kerakki, aholi oʻz davlatini doimo Xorazm deb bilgan. Rus tarixchilari esa XVII asrdan soʻng oʻz poytaxti Xiva shahriga koʻchirgani munosabati bilan Xiva xonligi deb atay boshlaganlar[3]. Rossiyaga amalga oshirilgan elchilik missiyalaridan soʻng Shukrullaboy Miskinov 1854—1855-yillar oraligʻida Usmonli davlatiga elchi sifatida yuborilgan. Bu borada Ogahiy oʻzining „Gulshani davlat“ asarida quyidagicha maʼlumot berib oʻtgan:

„Baytulloh ziyorati va Rum saforati uchun noma … va yoʻl xarojati uchun … koʻp naqdu mol“ olib yoʻlga chiqqan Shukrullo ogʻa „…uzoq dasht va biyobonlarni qatʼ etib“, Eronga borgan va u erda bir necha kun turgach, Usmoniylar davlatining janubidagi Arzirum (Arzinat ur-Rum) shahriga borib tushgan[4].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Гуломов Х. Г., Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII — первой половине XIX века. Ташкент, 2005

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Гуломов Х. Г., Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII — первой половине XIX века. Ташкент, 2005
  2. „Hamid Ziyoyev. Asarlar toʻplami.“. 2023-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-oktyabr.
  3. Брегель Ю. Э. Хорезмские туркмены в XIX веке / Акад. наук СССР. Ин-т народов Азии. — М.: Издательство восточной литературы, 1961. — 442 с.
  4. Огаҳий Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли. Гулшани давлат (Хива хонлиги 1856 – 1864 йилларда) / Масъул муҳаррир Ш. Воҳидов. – Тошкент, 2012. – Б.207