Shtok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shtok (nem. tayoq) — nisbatan kichik (maydoni 200 km²dan katta boʻlmagan) intruziv jism shakli. Togʻ jinslari yoki foydali qazilmalarning silindr, tomchisimon yoki izometrik shakllardagi yirik massasi. Koʻndalang oʻlchami bir necha m dan bir necha km gacha, uzun oʻqi boʻyicha bir necha km ga yetadi. Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra tektonik, magmatik va metasomatik Sh.lar farklanadi. Te kto nik Sh. tektonik deformatsiya vaqtida togʻ jinslari plastik moddalarining siqilishi natijasida hosil boʻladi. Magmatik Sh. magmatikeritmaning boshqa jinslar oʻrniga kirib qolishidan paydo boʻladi. Metasomatik Sh. togʻ jinslarining Yer poʻstida aylanib yurgan yssiq gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadigan mineral moddalar bilan oʻrin almashishidan vujudga keladi.