Shryodinger tenglamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shryodinger tenglamasi - kvant mexanikanit asosiy tenglamasi. E. Shryodinger taklif qilgan (1926). Kvant mexanikada mikrozarra (elektron, proton, yadro, atom va boshqalar)ning holati toʻlqin funksiya yoki ksifunksiya (\/) bilan tavsiflanadi. Shryodinger tenglamasi oldindan maʼlum boʻlgan munosabatlardan nazariy keltirib chiqarilmaydi, balki uni boshlangʻich asosiy faraz deb hisoblab, uning toʻgʻriligini undan kelib chiqadigan natijalarning tajriba maʼlumotlariga juda aniq mos tushishi bilan isbotlanadi.