Shrenu Parikh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shrenu Parikh

Parikh, 2017-yil.
Tavalludi 11-noyabr
Fuqaroligi hind
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 2010-yildan hozirgacha

Shrenu Parikh- hindistonlik aktrisa boʻlib 11-noyabrda tavallud topgan[1]. Uning Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir (2013-2015) romantik dramasidagi Aastha Agnihotri, Ishqbaaaz serialidagi Gauri Kumari Sharma rollarini yaxshi ijro etganligi uchun tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shrenu Vadodarada tu’gilib oʻsgan[2][3]. U maktabni Navarachana Vidyani Vidyalayada oʻqigan, keyinchalik Vadodaradagi Babaria farmasevtika institutida bakalavr darajasini oladi[4][5]. Shrenuning Shubham Parikh ismli ukasi bor[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shrenu ekranlarda chiqishni 2010-yilda Zindgi Ka Har Rang…Gulaal shousidan boshlaydi. U birinchi marotaba bosh rolni 2011-yilda Colors Tv dagi Havan shousida ijro etgan. Keyin u Sony TVda namoyish etilgan Gaurav Khanna bilan Byaah Hamari Bahoo Ka filmida bosh rolda oʻynagan. Bu rolni ijro etgandan soʻng, u intervyularidan birida „Bu rol orqali men aktyorlik mahoratimni oshirdim“ -, deydi[7]. 2013-2015 yillarda StarPlusda namoyish etilgan Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir romantik dramasida Avinash Sachdev bilan bosh rollarda oʻynagan. Filmda u oilasidagi ayollar haq-huquqi uchun uydagi zoʻravonliklarga qarshi kurashishdan toymaydigan Aastha Agnihotri obrazini yoritadi[8]. Aastha rolida tanilganidan soʻng turli kinolardan bir qator takliflar oladi[9]. 2017-yilda StarPlusda namoyish qilingan Dil Boley Oberoi serialida Kunal Jaisingh bilan birga suratga tushadi. U Gauri Kumari Sharma obrazini gavdalantiradi[10]. Shrenu keyinchalik bu serial Ishqbaaaz seriali bilan birlashtirilganidan soʻng ham Gauri Kumari Sharma obrazida oʻynashni davom etdi, 2018-yilda serial fasllari tugangandan soʻng suratga tushmagan.
2023-yil fevraldan beri Zee TVda namoyish etilayotgan Maitree serialida Maitree rolini ijro etmoqda[11].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televideniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yili Nomi Roli Izoh Manba
2010 Gulaal Roopa Cameo
2011 Havan Aastha
2012 Byaah Hamari Bahoo Ka Rajni [7]
2013–2015 Iss Pyaar Ko Kya Naam Doon? Ek Baar Phir Aastha Agnihotri [8]
2017 Dil Boley Oberoi Chulbul / Gauri Kumari Sharma [10]
2017–2018 Ishqbaaaz [10]
2019 Ek Bhram Sarvagun Sampanna Janhvi / Pooja Sharma [9]
2021–2022 Ghar Ek Mandir – Kripa Agrasen Maharaj Ki Genda
2023–present Maitree Maitree Mishra Tiwari

Maxsus chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yili Nomi Roli Manba
2019 Nach Baliye 9 Herself [12]
Sitaaron Ki Vijayadeshami Saudamini [13]


Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yili Nomi Roli Tili Manba
2017 Thodi Thodi Si Manmaaniyan Neha Dutta Hindi [14]
2018 Lamboo Rastoo Shruti Yagnik Gujarati [15][16]
2023 Family: Politics of Blood Hindi

Seriallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yili Nomi Roli Tili Izoh Manba
2021 Kshadyantra Shalini Patel Gujarati
Damaged Shanaya Roy Hindi Season 3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Exclusive: Shrenu Parikh celebrates her birthday with Ishqbaaaz bestie Mansi Srivastava“ (en). The Times of India.
  2. „I will celebrate Ganpati at home in Vadodara this year: Shrenu Parikh“ (en). The Times of India.
  3. „Shrenu Parikh and her younger brother Shubham are celebrating Raksha Bandhan in Vadodara after almost 4 years!“ (en). The Times of India.
  4. „Celebs salute the teachers in their lives“. The Times of India.
  5. „Shrenu Parikh wants to focus only on work for the next five years“ (en). The Times of India.
  6. „Sibling Revelry for Shrenu Parikh“ (en). The Times of India.
  7. 7,0 7,1 „Shrenu set for comeback after a break“. The Times of India.
  8. 8,0 8,1 „'Iss Pyaar...Ek Bar Phir' a love-hate story: Shrenu Parikh“. The New Indian Express.
  9. 9,0 9,1 „Ek Bhram – Sarvagun Sampanna actor Shrenu Parikh: Janhvi is a very complex and layered character“. The Indian Express (2019-yil 22-aprel).
  10. 10,0 10,1 10,2 „The first promo of 'Dil Bole Oberoi' is here and it looks very promising“. The Times of India.
  11. Maheshwri, Neha. „Shrenu Parikh: There is no denying that every actor goes through the pressure of ratings“.
  12. „Shrenu Parikh will be seen performing with Rahul Mahajan in the grand premiere episode of 'Nach Baliye 9'“. ABP Live.
  13. „Shrenu Parikh and Meera Deosthale bond during 'Sitaaron Ki Vijaydashmi'“. The Times of India.
  14. „Shrenu to make Bollywood debut“. Free Press Journal.
  15. „My debut Gujarati film has an excellent story: Shrenu Parikh“. The Times of India.
  16. „'Lamboo Rastoo': Shrenu Parikh shares official poster of the film“. The Times of India.