Shpaklyovka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shpaklyovka (nem. "kurakcha" soʻzidan; kurakcha bilan tekislash) — boʻyashdan oldin sirtlarni tekislash maqsadida surkaladigan massa. Kukun holatidagi boʻr, talk, ohak, gips va boshqalarga alif moy, yelim, lok kabi moddalarni qoʻshib aralashtirish yoʻli bilan tayyorlanadi. shahrining lokli, moyli va yelimli xillari boʻladi. shahrini sirtlarga kurakcha bilan surkash jarayoni shpaklyovkalash (tekislash) deb yuritiladi. Sh. surkalgan qatlam (odatda, 1 mm gacha) quriganidan keyingina jilvir qogʻoz bilan yaxshilab silliqlab, keyin boʻyaladi. Lokli Sh., asosan, mashinasozlikda, moyli va yelimli Sh. qurilishda ishlatiladi.