Shoxista Maxmaraimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoxista Maxmaraimova
Tavalludi 23-fevral 1976-yil (1976-02-23) (48 yosh)
Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Termiz davlat universiteti
Taʼlimi Termiz davlat universiteti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Shoxista Toʻxtashevna Maxmaraimova (1976-yil 23-fevral, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, filologiya fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoxista Maxmaraimova 1976-yil 23-fevralda tugʻilgan. 1998—2000-yillarda „Jarqoʻrgʻon“ gazetasining muxbiri, 2000—2004-yillarda Termiz davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti boʻlimi talabasi[1], 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti magistratura boʻlimining „Lingvistika“ boʻlimi talabasi, 2006—2015-yillarda Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasida oʻqituvchi, 2015—2016-yillarda Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasida katta oʻqituvchi, 2017—2018-yillarda Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining tayanch doktoranti, 2019—2020-yillarda Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2021—2022-yillarda Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2022-yildan Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasida professor[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoxista Maxmaraimova 2018-yilda „Olamning milliy lisoniy tasvirida teomorfik metaforaning kognitiv aspekti“ mavzusidagi falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda Samarqand davlat universitetida „Oʻzbek tili metaforalarining antropotsentrik tadqiqi (nominativ aspekt)“ mavzusida filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan[1].

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Olamning milliy lisoniy tasvirida metafora (oʻzbek teomorfik metaforalari materiallari misolida) / Monografiya. — Toshkent: Nodirabegim, 2019.
  • Oʻzbek tili metaforalarining antropotsentrik tadqiqi (nominativ aspekt) / Monografiya. — Termiz, 2020.
  • Sohada oʻzbek tilining qollanishi / darslik-Termiz: TerDU NMM nashriyoti, 2022.
  • „Oʻzbek til milliy korpusining sinonim soʻzlar bazasi“(hammualliflikda) dasturining on-layn versiyasi-Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi.
  • Boshlangʻich sinf ona tili darslarida modulli yondashuv / Uslubiy qoʻllanma.-Termiz: Surxonnashr, 2020.
  • Hozirgi oʻzbek tili (leksikologiya) / oʻquv qoʻllanma. 2 jildlik.- Toshkent: Firdavs-Shoh, 2021
  • Lingvokulturologiya. Oʻquv qoʻllanma. — Toshkent: Choʻlpon NMIU, 2017.
  • Oʻzbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lugʻati.-Toshkent: Choʻlpon NMIU, 2018
  • Hozirgi oʻzbek adabiy tili (hammualliflikda elektron darslik).-Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, 2016 yil, 26 sentyabr
  • Modern-uygʻonish demak. Ilmiy risola.-Toshkent, 2009
  • Kaftdagi umr. (dots. S.Rahimovning hayot yoʻli va ilmiy-ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan biografik kitob). — Termiz, 2010.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, 1990-yilda Qrimda „Yer—umumiy uyimiz“ mavzusida oʻtkazilgan ijodiy tanlov gʻolibi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]