Shoxdumlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shoxdumlilar - pardaqanotlilar oilasi. 200 ga yaqin turi maʼlum. Urgʻochisida uzun va ingichka parmaga oʻxshash tuxum qoʻygichi bor. Voyaga yetgan Sh., asosan, ignabargli daraxtlarning yogʻochligida rivojlanadi. Urgʻochisining qornidagi "xaltacha"da yogochlikni yemiradigan zamburug sporalari boʻladi. Tuxum qoʻygichi bilan poʻstoqni teshib, tuxum va zamburugʻ sporalarini qoʻyadi. Qurtlari oq yoki sargʻish, silindrsimon; yogʻochdan yoʻl ochib. unda rivojlanadigan zamburugʻlar bilan oziqlanadi. Oyoqlari reduksiyaga uchragan, qorni uchida tikanagi bor. Yogʻochlikda gʻumbakka aylanadi. Rivojlanish sikli 1—2 yil. Oʻzbekistonning Tyanshann togʻi oʻrmonlarida katta Sh., koʻk qayin Sh.i, binafsha Sh. uchraydi. Ignabargli daraxtlarga ziyon yetkazadi.