Shovodxoʻja bobo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shovodxoʻja bobo maqbarasi — Xorazm viloyati Urganch tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Maqbara toʻrtburchak tarhli (8,4x7,33 m), peshtoqgumbazli, bir xona (goʻrxona, tarhi 5,22x5,20 m)dan iborat; bezaksiz. Goʻrxona va peshtoq binoning yaxlit shaklini hosil qilgan. Peshtoq yuqori tomon ingichkalashib borib, gʻishtin sharafalar bilan yakunlangan, yuzasining ikki yonlari yassi tokchalarga boʻlingan. 2 pogʻonali asosga oʻrnatilgan mahobatli gumbaz peshtoq bilan mutanosib. Goʻrxona ichi oddiy, xona devorlari ravoqli bagʻallar bilan birikib, yarimgumbazlar hosil qilgan, ularga muqarnaslar ishlangan. Maqbaraning tashqi tomonidagi gʻisht choklari pardozlangan, yagona bezagi — yon tomonlaridagi derazalariga oʻrnatilgan ganch panjaralar.