Kontent qismiga oʻtish

Shortgorn qoramol zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shortgorn qoramol zoti (ing — kalta shoxli) — goʻsht va sutgoʻsht uchun boqiladigan zot. 18-asrda Buyuk Britaniyada chiqarilgan. Shortgorn qoramol zotiz.ning birinchi naslchilik kitobi 1822-yilda chop etilgan. Shortgorn qoramol zotiz. koʻpgina Yevropa mamlakatlarida, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiyadatarqalgan. 19-asrda Rossiyaga keltirilgan. Goʻshti uchun boqiladigan mollarning tana tuzilishi ixcham, gavdasi keng, baland, boshi kichikroq, oyoqlari kalta va baquvvat, boʻyni kalta. Shortgorn qoramol zotiz.ning tusi, asosan, qizil, oq, qizilola, chavkar va boshqalar tuslilari ham uchraydi. Goʻsht yoʻnalishidagi sigirlar vazni 600–650 kg, buqalariniki 900–1000 kg, ayrimlariniki 1300 kg. Soʻyim chiqimi 65— 72%. Sigirlarning sutdorligi (buzoq emadigan sut miqdori) 1800–2000 kg. Sutgoʻsht yoʻnalishidagi sigirlarning sut sogʻimi 4000–4500 kg, yogʻliligi 3,7—3,9%. Shortgorn qoramol zotiz. Oʻzbekistonga sof holida keltirilmagan, lekin uni chatishtirish natijasida yaratilgan santagertruda qoramol zoti 1967-yilda olib kelinib, Jizzax viloyatining "Baxmal" xoʻjaligida naslchilik fermasi tashkil etilgan.