Shoppen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoppen hajmiga ega Pfalz stakanlari

Shoppen avvaliga Janubiy Germaniyada, soʻngra Germaniya, Shveysariya va Fransiyaning bir qator boshqa mintaqalarida suyuqliklar (shu jumladan ichimliklar) va sochiluvchan mahsulotlarning qadimiy oʻlchovidir. Ilk davrda nemischa „Schoppen“ soʻzi „krujka“ degan maʼnoni anglatgan. Shoppenning maʼnosi muayyan mintaqa va tarixiy davrga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ayni vaqtda u rasmiy oʻlchov emas, biroq Germaniyaning bir qator mintaqalarida ushbu soʻz kundalik hayotda qoʻllanilishda davom etib kelmoqda (haligacha turli hajmlarni anglatadi; koʻpincha Pfalzda qoʻllaniladi). Germaniya va Avstriyadagi doʻstlar yoki hamkasblarning bir qadah pivo yoki sharob ustida tushlikdan oldigi norasmiy uchrashuvlari Frühschoppen, deb ataladi.[1]

Shoppenning oʻlchov sifatida birinchi bor qayd etilishi 12-asrga toʻgʻri keladi. 19-asrning boshlarida Fransiyada shoppen oʻlchovi chorakdan yarim litrgacha oʻzgarishi mumkin edi. 19-asr boshlarida Baden va Shveysariyada shoppen 0,375 litr, Vyurtembergda 0,459 litr, Pfalzda 0,564 litrga teng boʻlgan. Ularni birlashtirish Napoleon Bonapart tomonidan 1812-yilda Reyn ittifoqining barcha davlatlarida amalga oshirildi — shundan soʻng shoppen 0,7 litrga teng boʻldi, ammo 1815-yildan keyin xilma-xillik yana koʻpaydi. Janubiy Germaniya yerlarida 1872-yilda nometrik birliklar metrik birliklar bilan almashtirilgandan soʻng ushbu atama 1884-yilga qadar 0,5 litr hajmli krujkalarni nomlash uchun ishlatilgan. Shveysariyada 0,375 litrga ishora qiluvchi shoppen atamasi 1877-yilgacha suyuqliklarning rasmiy oʻlchovi boʻlib qolgan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Markina L. G. FRÜHSCHOPPEN „RANNYaYa KRUJKA“ // Kultura Germanii: lingvostranovedcheskiy slovar / pod obщey redaksiey prof. N. V. Muravlyovoy. — M.: AST, 2006. — S. 303. — 1181 s. — 3000 ekz.