Shokoladli tart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shokoladli tart
Turi Tart
Asosiy komponentlari Pirojnoe, qora shokolad, qaymoq va tuxum
Shokoladli sousli espresso shokoladli tort

Shokoladli tart, shuningdek, shokoladli qaymoqli pirog sifatida ham tanilgan. Shokoladli tart tayyorlash uchun qora shokolad, qaymoq va tuxum birgalikda koʻpirtiriladi keyin tayyor massa oldindan tayyorlangan pirojnoe qobigʻiga quyiladi va pishiriladi. Pishiriq shokoladli mousga oʻxshaydi, ammo pishirilganda yanada qattiqroq tuzilishga ega boʻladi.

Ingredientlarning qimmatligi va qandolatchilikni tayyorlash qiyinligi tufayli, bu taom yaqin vaqtgacha (2016-yil) qimmat kafelardagina tayyorlangan. XIX asr boshida yozilgan „badavlat oilalar“ kitobida kitobida[1] dolchin va limon qobigʻidan tayyorlangan shokoladli tart retsepti mavjud edi[2].

Avstraliyada shokoladli tart 2009-yilda MasterChef Australianing birinchi mavsumida namoyish etilganidan keyin mashhurlikka erishdi. Keyinchalik, „Avstraliyaning eng mashhur deserti“ sifatida eʼlon qilingan[3][3][4]. Shirinlik Britaniyada suratga olingan "The Naked Chef" serialida ham namoyish etilgan boʻlib, unda Jeymi Oliver boʻlajak rafiqasi uchun shokoladli tart[5] pishirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nutt, Frederick. The imperial and royal cook: consisting of the most sumptuous made dishes, ragouts, fricassees, soups, gravies, &c. foreign and English : including the latest improvements in fashionable life. Printed for Mathews and Leigh by James Moyes, 1809 — 311 bet. 
  2. Borella. The court and country confectioner: or, The house-keeper's guide; to a more speedy, plain, and familiar method of understanding the whole art of confectionery, pastry, distilling, and the making of fine flavoured English wines from all kinds of fruits, herbs, and flowers. G. Riley and A. Cooke, 1770 — 320 bet. 
  3. 3,0 3,1 Hildebrand, Joe. „ARIA chef Matt Moran reveals MasterChef dessert was dumbed down“. The Daily Telegraph (21-iyul 2009-yil). 2009-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-noyabr 2009-yil.
  4. Chook and chocolate tart clinch MasterChef prize – Julie's home and hosed. The Gold Coast Bulletin (20-iyul 2009-yil), s. 2.
  5. „Jamie Oliver's chocolate tart recipe“. The Naked Chef. Asian Food Network website. Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.