Shokir Axmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shokir Axmedov (1943.25.2, Toshkent) — baletmeyster. O‘zbekiston Re-spublikasi san’at arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr san’ati institutining baletmeysterlik fakultetini (1972) tugatgan. 1962—65 yillar O‘zbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972—74 yillar "Shodlik" ansamblida, 1974 yildan 870Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Axmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: "Er-kaklar katta raksi", "Uchrashuv"; spek-takllarda — "Jonim fido", "Nurxon", "Arshin mol olon", "Super qaynona", "Dilafro‘zga to‘rt oshiq", "Taqdir", "Ur, to‘qmoq!", "Paranji sirlari" va boshqa Axmedov O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tantanali bayramlarda bosh baletmeyster sifatida ishtirok etgan. Raqslarida zamonaviy-ijtimoiy ruh asosiy o‘rin tutadi. Mumtoz raqslarga ham yangicha sayqal berish, doimo originallikka, o‘ziga xos raqslar yaratishga intilish Axmedov ijodiga xosdir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil