Shohida Maʼzumova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shohida Maʼzumova (1907.12.1 -Toshkent — 1988.4.4) — aktrisa, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Toshkentdagi xotinqizlar ped. bilim yurtini (1925), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini (1954) tugatgan. 1925—29 yillar ped. bilim yurtida mu-allima. 1929—61 yillarda Hamza teatrida aktrisa. Dramatik, hajviy va oʻtkir satirik, shuningdek, lirik, muhabbat sanamlari obrazlarini yuksak ma-horat bilan ijro etgan. Shulardan Halima ("Halima"), Shirin ("Farhod va Shirin"), Turandot ("Malikai Turandot"), Sultonbegim ("Jaloliddin"), Sanobar ("Hamza"), Muattar ("Sharq tongi"), Surmaxon ("Yurak sirlari"), Amaliya ("Qaroqchilar") va boshqa M. sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Rej. sifatida "Yurak sirlari", (B. Rahmon), "Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi" (O. Yoqubov), "Paranji sirlari" (Hamza) kabi spektakllarni saxnalashtirgan. 1961—88 yillar Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil