Kontent qismiga oʻtish

Shohbonu (Sukmanning rafiqasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shohbonu
Vafoti 1164-yil
Turmush oʻrtogʻi Soʻkman II
Otasi Saltuk II

Shohbonu (shuningdek Shoh-i Banup, Shohbonuvon nomi bilan ham tanilgan, turkcha: Şah Bânû, Şah-i Bânûp, Şâh Bânuvân; 1164-yildan keyin vafot etgan) – Saltuklu bekligining amiri Izedin Saltukluning qizi va Ahlatning hukmdori Soʻkman II ning xotini.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn al-Asirning yozishicha, Shohbonu Saltuklu bekligi[1] hukmdorining qizi, Izeddin Saltukluning singlisi boʻlgan[1]. Kotib Chelebiy uni „Silik“ning singlisi[2], Shoh-i Banup-xotun deb atagan[2]. Eduard von Zambaurning taxminlariga koʻra, Shohbonu Saltukluning singlisi hamda Alining qizi boʻlishi mumkin. Aslida esa Shohbonu Saltukluning qizi edi[3][1][4][5].

Oilaviy holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda uning nikohi haqida ham keltirilib oʻtiladi. Shohbonu Ahlat hukmdori Sukman II bilan turmush quradi[6][7]. Uning 1148—1149-yillardagi haj safari davomida boʻlgan sayohatida Artukiy Faxriddin Qora-Arslon Shohbonuni Hisnkeyf shahrida qabul qilgan. Ammo Sukman Bahovuddinning vaziri va qozi Erjish uni quvib yetib ortga qaytishini soʻraydi[7]. K.Xillenbrandning soʻzlariga koʻra, bu hodisaga Shohbonuning erkak qarindoshlari hamrohligisiz haj ziyoratiga borishi sabab boʻlgan. Hadislarda aytilishicha, ayol kishining yolgʻiz sayohat qilishi man etilgan. Xillenbard uni „mustaqil ayol“ deb tariflagan[8]. Soʻngra, u vazir va qozining iltimosiga koʻra Ahlat shahriga qaytishga rozi boʻladi. Ibn al-Azroq va ibn al-Asir va O.Turonning taʼkidlashicha, Shohbonuning nikohi 1148—1149-yilda tugatilgan[7][6].

Shohbonu ismi 1154-yilda Ahlatdagi inqiroziga aloqador shaxslar orasida ham tilga olinadi. Vazir Bahovuddin Shohbonu va Sukmon II bilan janjallashib Ahlatni tark etadi va Xoʻyga yoʻl oladi. Biroq u yoʻlda qoʻlga olinadi, Ahlatga qaytarilib zindonband etiladi va mol-mulki musodara qilinadi[5].

1153—1154-yillarda Saltuklu gruzinlar tomonidan asirga olinadi. Sukmon II va Artukiy Nejmeddin Alpi (Saltukluning amakivachchasi) Saltuklu uchun 100 ming dinor fidya yuboradi. Shohbonu otasining ozod qilinishida katta rol oʻynaydi[9][7][6]. Ibn al-Asirning yozishicha, „u Kurjlar podshosiga qimmatbaho sovgʻa yuborib, evaziga otasini qoʻyib yuborishni soʻragan“ (ibn al-Asirga „aka“ deb murojaat qiladi va 1161-yilgi voqealarga munosabat bildiradi)[10].

Koʻpchilik yilnomalarda kelishicha Sukmanning oʻgʻli boʻlmagan. U singlisi va Artukid Najmiddin Alpning oʻgʻli Qutbuddin Gʻoziy II ni tarbiyalagan. 1164-yil boshida (boshqa baʼzi maʼlumotlarga koʻra esa 1165-yilda) Shohbonu Faxreddin Qora-Arslonning qiziga uylangan Qutbiddin II-Gʻoziyning[5] toʻyida hurmatli mehmonlardan biri boʻlgan[4]. Shohbonu Silvanda ajoyib ziyofat uyushtirib, shogirdlari va boshqa amirlarga turli dabdabali liboslar (toʻnlar) taqdim etgan[5].

Bekliklardagi ayollar boshqaruvda ovoz berish huquqiga ega boʻlishgan. Shohbonu ham erining eng yaqin yordamchisi boʻlganligi taxmin qilinadi. Unga amaldor Asad ibn Ammar al-Xotiy yordam bergan. Shohbonu qurilish ishlarida koʻproq ishtirok etgani aytib oʻtiladi. Uning buyrugʻiga asosan Bitlis dovonidagi eski yogʻoch koʻprik toshli qilib qayta quriladi. Bundan tashqari, 1165-yilda u yana toʻqqizta tosh koʻprik qurdiradi, shuningdek, Bitlisdan Ahlat va Erzengacha boʻlgan barcha yoʻllarni qurdiradi. Shuningdek, u Bitlisning quyi qismida darvoza va dovon yaqinida karvonsaroy ham bunyod ettiradi. Bu karvonsaroyda 300 ga yaqin yuklarni joylashish imkoniyati mavjud boʻlgan[11][5].

Tarixchi I. X. Erdem Shohbonuni „Sukmanning misli yoʻq xotini“[5] deb atagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Özaydın 2009.
  2. 2,0 2,1 Кятиб Челеби 1973.
  3. Sümer 1990.
  4. 4,0 4,1 Sümer 1989.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Erdem 2002.
  6. 6,0 6,1 6,2 Atçeken, Yaşar 2016.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Turan 1998.
  8. Hillenbrand 1979, s. 373.
  9. Leiser 1995.
  10. Ибн-ал-Асир 1940.
  11. Kayhan 2021.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kayhan H. Ahlatşah II. Sökmen ve Zamanı (1122—1185)(turk.) // Türk Tarihi Araştırmaları Dergisi. – Fatih ÜNAL, 2021. – Andoza:Bsokr, Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. – ISSN 2548-091X.
  • Özaydın A. Saltuklular(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 2009. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr.
  • Şeker D. A. Mama Hatun(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 2003. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. Sümer F.[tr]. Ahlatşahlar(turk.) // Islam Ansiklopedisi. – 1989. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr.  
  • Sumer F. Saltuklular(turk.) // Selçuklu Araştırmaları Dergisi. – Selçuklu/Konya: Selçuk Üniversitesi, 1971. – Andoza:Bsokr. – Andoza:Bsokr. – ISSN 2548-0154.