Shoh Hijron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shoh hijrondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shoh hijron (18-asr) - shoir va yozuvchi. Tugʻilgan va vafot etgan yili nomaʼlum. Asli andijonlik boʻlgan. Qashqar hokimi Xoʻja Jahonxoʻjam iltimosiga koʻra, Firdavsiyning "Shohnoma"sini oʻzbek tiliga nazm va nasrda tarjima qilgan. Uning bir nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi (inv. №184). Bundan tashqari, Sh.H.ning "Qissai Dorobi Zarrinkamar" ("Zar kamarli Dorob qissasi") sarguzasht asarining qoʻlyozmasi ham mavjud. Bu qissada Dorobning kechmishlari, yovuz kuchlarga qarshi kurash yoʻlida koʻrsatgan qahramonliklari tasvirlangan.