Kontent qismiga oʻtish

Shoh Hijron

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Shoh hijron (18-asr) - shoir va yozuvchi. Tugʻilgan va vafot etgan yili nomaʼlum. Asli andijonlik boʻlgan. Qashqar hokimi Xoʻja Jahonxoʻjam iltimosiga koʻra, Firdavsiyning "Shohnoma"sini oʻzbek tiliga nazm va nasrda tarjima qilgan. Uning bir nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. №184). Bundan tashqari, Shoh Hijronning "Qissai Dorobi Zarrinkamar" ("Zar kamarli Dorob qissasi") sarguzasht asarining qoʻlyozmasi ham mavjud. Bu qissada Dorobning kechmishlari, yovuz kuchlarga qarshi kurash yoʻlida koʻrsatgan qahramonliklari tasvirlangan.