Shlif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shlif (nem. — yoʻnish, silliqlash) (geologiyada) — mikroskopik tadqiqotlar uchun moʻljallangan togʻ jinsi, mineral yoki koʻmirdan tayyorlangan plastinka. Sh.lar 2 xil boʻladi —shaffof va ruda Sh. (anshlif). Shaffof Sh. — yupqa plastinka (0,03 mm) ning ikki tomoni silliqlanib, yupqa oynaga maxsus yelim (epoksid, kanada balzami) yordamida yopishtiriladi, usti ham oʻta yupqa oyna bilan qoplanadi. Anshlif — mineral va togʻ jinslarini oʻtuvchi nur orqali oʻrganish uchun tayyorlanadi. shahrini oʻtuvchi nur yordamida oʻrganish — petrografiyaning asosiy metodlaridan biri. Sh. mikroskop ostida mukammal oʻrganiladi, bunda togʻ jinslarining mineral tarkibi, ichki va tashqi tuzilishi aniqlanadi. Buning uchun qutblangan mikroskoplardan foydalaniladi.