Shizogoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shizogoniya (yun. ajrataman, parchalayman, tugʻilish, avlod) — bir hujayrali hayvonlar (sporalar, foraminiferalar) da va baʼzi suvoʻtlar uchun xos jinssiz, birdaniga koʻp marta boʻlinib koʻpayish usuli. shahrida ona hujayra (shizont) yadrosi dastlab juda tez, ketmaket bir necha boʻlaklarga boʻlinadi, soʻngra har bir yadro boʻlagi sitoplazma bilan oʻraladi. Shu tarzda bitta ona hujayradan juda koʻp qizlik hujayralar (merozoidlar) hosil boʻladi. Hujayralar bir necha marta jinssiz usulda koʻpayganidan keyin ularning ayrimlari jinsiy usul bilan koʻpayishga oʻtadi. Bunda dastlab gametotsitlar, keyin gametalar hosil boʻladi. Bezgak parazitlari, koksidiyalar, toksoplazmalar, sarkodalilardyan foraminiferalar dastlab Sh., soʻngra gametalar hosil qilib jinsiy (gametogoniya) usulda koʻpayadi.