Shisha-oyna sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shisha-oyna sanoati - sanoatning shmishdan taxta oyna, meʼmorlikqurilish, optika, yorugʻlik texnikasi, elektrotexnika shishalari, uy-roʻzgʻor idishlari, shisha tolalar va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmogʻi. Shisha ishlab chiqarish qadimdan maʼlum boʻlib, hunarmandchilik sifatida oʻrta asrlarda keng tarqalgan. Rossiyada dastlabki shisha zavodi 1685-yilda ishga tushirilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida, ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyada shisha ishlab chiqarish rivojlandi. Oʻzbekistonda 1951-yilda Shisha-oyna sanoatis.ning dastlabki korxonasi — Gʻazalkent oyna zavodi deraza oynalari ishlab chiqara boshladi. 1975-yilda Fargʻona shisha idishlari zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu zdda turli sigʻimdagi shisha bankalar, butilka, profilit shishasi, shisha bloklari chiqarish oʻzlashtirildi.

80-yillarda Quvasoy shisha zavodida (hozirgi Quvasoy "Kvars" aksiyadorlik jamiyati) 0,5, 1, 2, 3 l li shisha bankalari, 0,5 l li butilkalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Mustaqillik yillarida Shisha-oyna sanoatis. korxonalarida deraza oynasi ishlab chiqarish quvvatlari 13,3 mln.m2ga yetkazildi, "Kvars" aksiyadorlik jamiyati mahsulotlari bazasida avtomobil oynalarini ishlab chiqarish, oʻzlashtirildi, shisha butilkalar ishlab chiqaradigan "Farmglass" (yillik quvvati 70 mln. dona), tibbiyot ampulalari ishlab chiqaradigan "Medglass" (yillik quvvati 252 mln. dona) qoʻshma korxonalari ishga tushirildi. Oʻzbekistonda 9982 ming m2deraza oynasi, 280,9 mln.dona shisha idishlar va butilkalar, 47,9 mln.dona tibbiyot ampulalari ishlab chiqarildi (2004). Shisha-oyna sanoatis. chet ellarda AQSH, GFR, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Belgiyada ayniqsa rivojlangan.