Shirmoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirmoy, shirmol (fors.toj. — sutli non) — non turi. Dastlab maxsus usulda tayyorlangan noʻxat va arpabodiyon qaynatmasiga maʼlum miqdorda un solib xamirpaygir qoriladi. Paygir 5—6 soatdan soʻng yetiladi. Uni xamirturush sifatida ishlatib, bugʻdoy unidan sutga qorib xamir tayyorlanadi. Xamir mushtlab yetiltirilgach, 200 g li zuvalalar uzib olinadi. Har bir zuvaladan chetlari 3 sm, oʻrtasi 1 sm qalinlikda non yasaladi. Sh. non oʻrtasiga chakich uriladi, chetlari esa pichoq yoki maxsus chakich bilan kungira qilinadi. Tandirda yopib pishiriladi.