Shirmonxon Zokirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shirmonxon Shokirovna Zokirovadan yoʻnaltirildi)

Shirmonxon Shokirovna Zokirova (1953.4.9, Jalolquduq tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon pedagogik institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tugatgan (1980). Pedagogik faoliyati 1971 yildan boshlangan. U Jalolquduq tumanidagi 23-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Z. faoliyati davrida oʻz ishining ustasi, yosh avlodga oʻzidagi bor bilimini singdira oladigan mexribon ustoz sifatida namoyon boʻldi. Z. darslarni koʻrgazmali qurollar va texnika vositalari asosida tashkil etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil