Shiretoko yarimoroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shiretoko yarimorolining sun'iy yo'ldosh surati
Boshqa nomi Sir etok (ainu tilida)
Joylashuvi Xokkkaydo, Yaponiya
Koordinatalar 44°5.8′N 145°9.2′E / 44.0967°N 145.1533°E / 44.0967; 145.1533 G OKoordinatalari: 44°5.8′N 145°9.2′E / 44.0967°N 145.1533°E / 44.0967; 145.1533 G O

Shiretoko Yarimoroli (yaponcha: 知床半島 Shiretoko-hantō?) Yaponiyaga qarashli Xokkaydo orolining sharqiy qismida, Oxotsk dengizi boʻyida joylashgan. Yarimorolni Nemuro boʻgʻozi Rossiyaning Kunashir orolidan ajratib turadi. Shiretoko nomi aynu tilidagi sir etok soʻzidan olingan boʻlib, Yerning oxiri degan maʼnoni anglatadi[1]. Yarimorolda Rausu va Shari shaharchalari mavjud.

Shiretoko yarimoroli Shimoliy yarimshardagi dengiz muzlari hosil boʻladigan janubiy nuqta boʻlganligi sababli 2005-yilda UNESCOning Jahon Meʼrosi obyekti roʻyxatiga kiritilgan[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shiretoko yarimoroli is located in Hokkaido
Shiretoko yarimoroli
Shiretoko yarimorolining joylashuvi
Yarimorol relyefi

Shiretoko yarimoroli Chishima vulqoni zonasiga kiradi. Yarimorol shimolida joylashgan Shiretoko burniga Shiretoko, Unabetsu hamda Io choʻqqisi kabi bir necha faol vulqonlar xavf solib turadi. Yarimorolning eng yuqori nuqtasi Rausu choʻqqisi hisoblanadi. Yarimorol hududi uzunligi janubdan shimolga 70 kilometr, eni esa gʻarbdan sharqqa 25 kilometrni tashkil etib, tahminan 123,000 gektar maydonni egallaydi[1][3].

Yarim orol shimoli-gʻarbiy tomondan Oxotsk dengizi va janubi-sharqiy tomondan Tinch okeani bilan oʻralgan. Sharqda Kunashiri oroli yarim orolga parallel turadi. Ochiq kunlarda Kunashirini Shiretoko yarim orolidan kuzatish mumkin. 1945-yil 1-sentabrda Sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinganidan beri, Kunashiri Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi baxsli hudud boʻlib kelmoqda.[1]

Sovuq Oyashio oqimi yarimorolning sharqiy tomoni boʻylab janubi-gʻarbga, Soya oqimi esa yarimorolning gʻarbiy tomoni boʻylab Oxotsk dengizining janubi-sharqi tomon oqib oʻtadi. Qishda, Soya oqimi Oxotsk dengizi janubidan muzlagan suvlarni olib kelib, Shiretokoning gʻarbiy tomonida toʻplaydi. Buning natijasida yer yuzidagi eng past kenglik – 43 daraja shimolda joylashgan muntazam dengiz muzlari paydo boʻladi[4].

Yarimoroldagi vulqon zonasi Seseki Onsen va Ivaobetsu Onsen kabi bir nechta issiq buloqlarni vujudga keltirgan.

Yarimoroldagi choʻqqilar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oyashio oqimi yarim orolning ob-havosiga keskin taʼsir koʻrsatadi. Shiretoko yarim orolining yozlari qisqa, qishlari esa uzoq. Oqim janubi-sharqiy sohilda tuman tushishi, va qishda dengiz yuzasi muzlashiga sabab boʻladi. Sentyabrdan iyungacha choʻqqilarni qor qoplaydi. Eng baland choʻqqilarda yil boʻyi qor erimaydi[1].

Kuchli subarktik okean oqimi yarimorol yaqinida kemalar harakatlanishini qiyinlashtiradi. 2022-yilning 23-aprelida Shiretoko yarimoroli boʻylab sayohat chogʻida bortida 26 kishi boʻlgan 19 tonnalik turistik kema choʻkib ketdi. Qayiq dengiz sathidan 100 metr chuqurlikda topilgan. 14 kishining jasadi topildi, 12 kishi bedarak yoʻqoldi[5].

Yarimorol tabiati muhofazasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shiretokoning yovvoyi hayvonlari va tabiatini muhofaza qilish maqsadida 1964-yilda yarim orolning katta qismi Shiretoko milliy bogʻi etib belgilandi. Shundan beri Shiretoko tabiat qoʻriqxonasi sifatida qatʼiy tartibga solingan va kirish taqiqlanadi [1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Hunt, Paul „33. Shiretoko“,. Hiking in Japan: An Adventurer's Guide to the Mountain Trails, First, Tokyo and New York: Kodansha International Ltd, 1988 — 200–205 bet. ISBN 0-87011-893-5. 
  2. „Shiretoko Peninsula“. NASA Earth Observatory. 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-iyul.
  3. „JP010Shiretoko, Mount Syari-dake“. Important Bird Areas of Japan. Wild Bird Society of Japan. Qaraldi: 2010-yil 12-yanvar.
  4. Takahashi, Shuhei; Kosugi, Tomofumi; Enomoto, Hiroyuki (2011). "Sea-ice extent variation along the coast of Hokkaido, Japan: Earth's lowest-latitude occurrence of sea ice and its relation to changing climate". Annals of Glaciology 52 (58): 165–168. doi:10.3189/172756411797252301. 
  5. „Missing tour boat found on the seabed off Hokkaido“. Japan Times (2022-yil 29-aprel). 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan.