Shinni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shinni — uzum sharbatidan tayyorlanadigan shirinlik turi. Aksariyat oq uzum navlaridan tayyorlanadi. (Buvaki, Bayan Shirey, Soyaki, Nimrang va boshqalar). Uzumningʻ yaxshi pishgan boshlari sovuq suvda yuvilib, gʻujumi eziladi. Soʻngra sharbati suzib olinali. Achib qolmasligi uchun suzib olingan sharbatga sogʻ tuproq (gil) aralashtirilib, sharbat tarkibidagi muallaq zarralar (chang, uzum eti) choʻkmaga tushiriladi. Sharbat qozonga solinib, sust olovda rangi tiniqlashib bir qadar quyulguncha qaynatish davom ettiriladi. Vaqtvaqti bilan yogʻoch kurakchada kavlab turiladi. Tayyor Sh. toʻq kahrabo rangda boʻladi. Yaxshi pishirilgan Sh. uzoq saqlanganda ham achib qolmaydi. Sh., shuningdek, tut, qovun, tarvuz va boshqalar hoʻl mevalar sharbatini qaynatish usuli bilan ham tayyorlanadi.