Shinelli yillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shinelli yillar

2019-yilgi nashr jildi
Muallif(lar) Shuhrat
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot
Sahifalar soni
  • 592 bet (1975)
  • 720 bet (2019)
ISBN ISBN 978-9943-5285-0-5

"Shinelli yillar" — oʻzbek adabiyotining yirik namoyondasi Shuhrat qalamiga mansub roman.Bu adibning ilk romani boʻlib 1947-1957-yillar oraligʻida yozilgan. Adib asarida ikkinchi jahon urushi frontlarida orttirgan katta hayotiy tajribasi asosida oʻzbek xalqining urush davridagi jangovar hayoti, qahramonligi, vatanparvarligi, qiyinchiliklarga bardoshi, kelajakka umidi haqida hikoya qiladi.

Asar 1975-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 592 betli qattiq muqovada 60 000 nusxada nashr etilgan. Soʻnggi marta 2019-yilda Adabiyot uchqunlari nashriyotida 720 betli yumshoq muqovada nashr etildi.[1]

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Shinelli yillar“ romanida bosh qahramon oʻzbek yigiti Elmurodning hayoti misolida urushning boshidan oxirigacha boʻlgan davrdagi xarakterli voqealar tasvirlangan. Roman voqeasi Oʻzbekistonda boshlanib, Volga boʻylarida, Kavkazda, Ukrainada va chet ellarda davom etadi. Voqea fashistlar Germaniyasi tor-mor qilingach, Elmurodning oʻz uyiga, tinch hayotga qaytishi bilan tugaydi. Asarda oʻzbek jangchisining insoniyat oldidagi tarixiy xizmatlari koʻrsatilgan.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Elmurod
  • Fotima
  • Yoʻldosh
  • Anna Ivanovna
  • Dubenko
  • Turdiyev
  • Gorkunov
  • Muharram
  • Zebo
  • Latofat
  • Bondar
  • Rakitin

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi, 2021-12-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-12-28

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]