The Adventures of Sherlock Holmes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sherlok Xolms sarguzashtlaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
The Adventures of Sherlock Holmes
Adventures of sherlock holmes.jpg
Asar muqovasi
Muallif Arthur Conan Doyle
Janr detektiv hikoyalar
Til ingliz
Nashr qilingan yil 14.10.1892
Nashriyot George Newnes
Sahifalar soni 307
Keyingisi Sherlock Holmesning memuarlari

„The Adventures of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmes sarguzashtlari“) – shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi 12 hikoyani oʻzida jamlagan toʻplam. Ilk bor 1892-yilning 14-oktabrida chop etilgan. Unga kiritilgan individual hikoyalar 1891-yilning iyunidan 1892-yilning iyuligacha „The Strand Magazine“ jurnalida nashr qilingan.

Toʻplamga kiritilgan hikoyalar xronologik ketma-ketlikda berilmagan. Barcha hikoyada uchraydigan obrazlar Holmes hamda doktor Watson (talaffuzi: Uotson) obrazlaridir. Hikoyalar birinchi shaxsda Watson nuqtai nazaridan soʻzlab beriladi.

Umuman olganda, „The Adventures of Sherlock Holmes“ga kiritilgan hikoyalarda Holmes ijtimoiy nohaqliklarni aniqlashga va ularni tuzatishga urinadi. Holmes adolatga yangicha, odilroq nazar bilan qaraydi. Hikoyalar kitobxonlar va tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan hamda „The Strand Magazine“ obunachilari sonini oshirgan. Natijada Doyle keyingi hikoyalari uchun nashriyotdan koʻproq haq talab qila olgan. Toʻplamning birinchi hikoyasi boʻlmish „Izquvarning inqirozi“da (inglizcha: A Scandal in Bohemia) Irene Adler (talaffuzi: Ayrin Adler) obrazi ilk bor gavdalanadi. Bu obraz Doylening bitta hikoyasida tilga olingan boʻlsa-da, Holmes haqidagi zamonaviy ekranizatsiyalarda muhim rol oʻynaydi. Adler odatda Holmesning ishqiy qiziqishi oʻlaroq tasviralanadi. Doyle mazkur toʻlamga kiritilgan 4 hikoyani oʻzining Holmes haqidagi eng sevimli 12 hikoyasi qatoriga qoʻshgan. Muallif „Chipor lenta“ (inglizcha: The Adventure of the Speckled Band) hikoyasini eng sevimli asari oʻlaroq koʻrsatgan.

Hikoyalar[tahrir]

„Sherlock Holmes sarguzashtlari“ toʻplamiga kiritilgan hikoyalar
Hikoya Original nomi Original ilk bor nashr qilingan sana
„Izquvarning inqirozi“ "A Scandal in Bohemia" 1891-yil iyul
„Mallalar uyushmasi“ "The Adventure of the Red-Headed League" 1891-yil avgust
„Shaxsiyatni aniqlash“ "A Case of Identity" 1891-yil sentabr
„Boskom vodiysining siri“ "The Boscombe Valley Mystery" 1891-yil oktabr
„Besh dona apelsin urugʻi“ "The Five Orange Pips" 1891-yil noyabr
„Labi tirtiq odam“ "The Man with the Twisted Lip" 1891-yil dekabr
„Moviy karbunkul“ "The Adventure of the Blue Carbuncle" 1892-yil yanvar
„Chipor lenta“ "The Adventure of the Speckled Band" 1892-yil fevral
„Muhandis barmogʻi“ "The Adventure of the Engineer's Thumb" 1892-yil mart
„Asilzoda boʻydoq“ "The Adventure of the Noble Bachelor" 1892-yil aprel
„Berill toj“ "The Adventure of the Beryl Coronet" 1892-yil may
„Mis qora qayinlar“ "The Adventure of the Copper Beeches" 1892-yil iyun

Havolalar[tahrir]