Shelda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shelda, Esko — Yevropadagi daryo, Fransiya, Belgiya va Niderlandiya hududlaridan oqadi. Uz. 450 km, havzasining maydoni 35,5 ming km². Flandriya tekisligi boʻylab oqadi va estuariy hosil qilib, Shim. dengizga quyiladi. Asosiy irmoqlari — Lis (chapdan) va Ryupel (oʻngdan). Oʻrtacha suv sarfi 100 m³/sek., quyi qismida dengiz suv koʻtarilishlari roʻy beradi. Daryoda kema qatnaydi, Antverpen shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Kanallar orqali Sena, Somma, Maas daryolari bilan bogʻlangan. Sh. boʻyida Gent, Antverpen shahrilari joylashgan.