Sheʼr oʻqish sanʼati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kyle Dacuyanning Berlin sheʼriyat festivalidagi chiqishi

Sheʼr oʻqish sanʼati – sheʼrni ifodali va ohangdor qilib oʻqish. Sheʼrni ovoz chiqarib oʻqish oʻquvchiga sheʼr orqali oʻz tajribasini ifodalash, uni his-tuygʻular bilan yetkazib berish imkonini beradi. Oʻqish jarayonida ijrochi ohang va ichki kechinmalardan foydalangan holda pauzalarni oʻz oʻrnida qoʻllashi kerak boʻladi. Sheʼriy chiqishlar odatda kafe yoki kitob doʻkonlaridagi kichik sahnalarda uyushtiriladi, u yerda bir nechta shoirlar oʻz ijod namunalarini oʻqiydilar. Bunday tadbirlarning „asosiy mehmoni“ sifatida taniqli shoirlardan biri tanlanishi mumkin va boshqa mashhur shoirlar ham amfiteatr yoki institut auditoriyasi kabi kattaroq joyda sahnaga chiqib sheʼr oʻqishlari mumkin.

Ovoz ogʻzaki sheʼriyatda faol, jismoniy jihatdan muhim narsadir. Unga voiz va tinglovchi, ijrochi va auditoriya kerak. Sado „shoir ovozi“ning jonlanish tizimi[1]. Sheʼr baland ovozda oʻqilganda tinglovchi uni tushunadi, his qiladi, shu bilan birga sheʼrning oʻz „ovozi“ boʻladi[2]. Sheʼriyat, uni ifodali oʻqish ovoz bilan bogʻliq sanʼat boʻlgani uchun, oʻquvchi oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda, uni oʻz his-tuygʻulariga, intonatsiyaga, maʼnosiga koʻra oʻzgartiradi; ohang va urgʻu orqali boshqariladigan sheʼrlar oʻziga xos tarzda har qanday oʻquvchi ham anglab yetmaydigan mohiyatga ega boʻladi[2]. Sheʼrni ifodali oʻqish uning asosiy elementi sifatida „pauza“ni ham oʻz oʻrnida va aniq koʻrsatadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hirsch, Edward. Voice – A Poet's Glossary. New York: Houghton Mifflin Harcourt, 2014. ISBN 9780151011957. 
  2. 2,0 2,1 Hollander, John. Committed to Memory. New York: Riverhead Books, 1996. ISBN 9781885983152. 
  3. Pinsky, Robert. „Reading Aloud“. New Yorker (2009-yil 27-aprel).