Shayxontohur GES

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayxontohur ges - Chirchiq — Boʻzsuv suvenergetika traktidagi 19 gidroelektr styalardan biri. Toshkent sh. Shayxontohur tumanida joylashgan. Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy quvvati 3,6 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1951-yilda boshlangan. 1953-yilda quvvati 1 MVt boʻlgan 2 agregati, quvvati 1,6 MVt boʻlgan 3agregati 1954-yilda ishga tushirilgan va 1955-yil yanvarda sanoat foydalanishiga qabul qilingan. Agregatlar turbinalari tik radikal oʻkdi.

GES Toshkent shahri sanoat korxonalarini elektr quvvati bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 35 kVli kuchlanishda elektr uzatish liniyalari orqali yetkazib beriladi. 2003-yilda 22,1 mln. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqarildi.