Shayx G'olib
Shayx G'olib | |
---|---|
G'olib Mehmed Esed Dede | |
| |
Tugʻilgandagi ismi | Mehmed |
Taxalluslari | Esed, G'olib |
Tavallud sanasi | 1757-yil |
Tavallud joyi | Istanbul |
Vafot sanasi | 3-yanvar 1799-yil |
Vafot joyi | Istanbul |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Faoliyat turi | Shoir, yozuvchi |
Yoʻnalish | Sebk-i Hindi |
Asarlari tili | Usmonli turk tili, Fors tili va Arab tili |
Shayx Gʻolib toʻliq nomi Gʻolib Mehmed Esed Dede (1757-yil — 1799-yii 3-yanvar) bo'lgan mashhur turk devon adabiyoti shoiri va tasavvufchisi edi[1].
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 1757-yilda Istanbulda dunyoga keldi. Tugʻilgandagi ismi Mehmet edi. Otasining ismi Mustafo Sayyid, onasining ismi esa Emine Xonim edi. U Galata Mavlaviyxonasida Shayx Husayn Dede va Xoʻja Neshet Afandidan til va adabiyot darslari oldi. Kichik yoshlaridanoq sheʼr yozishni boshladi. 24 yoshga kirgan vaqtidayoq uning devon tuzishga yetarli darajada sheʼrlari bor edi. 1791-yil 9-iyunda U Galata Mavlaviyxonasining shayxi etib tayinlandi[2]. U 1798-yilda vafot etdi va shu mavlaviyxona hovlisidagi qabristonga dafn etildi[3].
Adabiy uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Esed va Gʻolib taxalluslari bilan ijod qilgan. 1780-yil 24 yoshga kirganida oʻzi yozgan sheʼrlarni toʻplab devon yaratgan. U turk adabiyotida birinchilardan boʻlib, timsolga oʻxshatish uslubida ijod qilgan. Bu uslubda koʻplab yangiliklar ixtiro qilgan, ammo devon anʼanalaridan uzoqlashmagan va turk devon adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Shayx Gʻolib asarlarining eng ahamiyatli jihati shundaki, ular tasavvufiy asoslarga ega. Tasavvuf va timsolga oʻxshatish uslubini uygʻunlashtirganligi sababli turk adabiyotida yangi davrni boshlab bergan hisoblanadi[manba?]. U oʻz asarlarida kuchli timsollardan foydalanib, koʻpincha tasavvur unsurlariga yer bergan. Oʻquvchiga yetkazmoqchi boʻlgan fikrlarini oʻxshatish va timsollar orqali tasvirlagan. Turk adabiyotidagi Sebk-i Hindi oqimining eng muhim namoyandalaridan biridir. Shayx Gʻolib mumtoz turk adabiyotining soʻnggi buyuk shoiridir.
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Devon (sheʼrlar)
- Husn-ü Ashq (Goʻzallik va Sevgi)
- Sherh-i Cezire-i Masnaviy
- As-Sohbetu’s-Sofiyya
- Zübde-i alem
Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- MEB 100 turk adabiyoti roʻyxati
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Galata Mevlevihanesi. Ankara: Yeni Avrasya Yayınları, Nisan 2003. ISBN 975-6669-30-6.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 25 şubat 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25 şubat 2022.
- ↑ Dayıoğlu, Server; ss. 58
- ↑ Dayıoğlu, Server; ss. 59